Tuman tarixi

Tuman haqida qisqacha

M A ʼ L U M O T

 

Ellikqalʼa tumani shimoldan Qizilqum cho‘li, Sulton Uvays tog‘i, g‘arbdan Beruniy, Taxtako‘pir, janubdan Xorazm viloyati, sharqdan To‘rtkul tumanlari va Navoiy viloyati bilan chegaradoshdir.

Chegara uzunligi (533,0 km) Shundan, Navoiy viloyati bilan (74,7 km), Xorazm viloyati
(15,7 km), Beruniy tumani (170,1 km), To‘rtko‘l tumani (169,7), Taxtako‘pir tumani (102,8 km) tumanlari bilan chegaradosh.

Tuman 1977 yilda tashkil topgan bo‘lib, markazi Bo‘ston shahri, jami yer maydoni
541920 gektarni tashkil qiladi. Shundan, 768 gektar qismi shahar yer maydoni xisoblanadi. Tuman aholisi soni 157601 kishi, shu jumladan shahar aholisi 19 720 kishi, qishloq aholisi
137 881 kishidan iborat.

Tumanda 13 ta ovul, 21 ta mahalla va 1 ta shaharcha fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, xonadonlar soni 26005 ularda 36901 oilalar istiqomat qiladi.

Tuman asosan qishloq xo‘jaligining paxta va g‘allachilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar 387479 gektarni va shundan ekishlik maydoni
28690 gektarni tashkil qiladi.

Tumandagi qishloq aholisiga ajratilgan tomorqa yer maydonlari 4222 gektarni tashkil qiladi.

Tumanda 72 ta umumtaʼlim maktablari, 27 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 1 ta Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqalʼa pedagogika fakulteti, 3 ta kollej, 2 ta Musiqa maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi va 1 ta kasalxona, 8 ta oilaviy poliklinika, 3 ta qishloq vrachlik punktlari, 1 ta sanʼat saroyi 3 ta madaniyat saroyi, 1 ta muzey, 1 ta istirohat bog‘, 4 ta sport maydonchalari, 1 ta yopiq suv havzasi (basseyn), 1 ta stadion va 1 ta sport zal mavjud.

Tumanda 51 ta ko‘p xonadonli turar joylar bo‘lib, shundan 6 tasi 4 qavatli turar joylar, 45 tasi 2 qavatli turar joylar.

 

Ishlab chiqarishdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar.

Tumanda 2019 yil davomida barcha tarmoqlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sishga erishildi. Iqtisodiy o‘sishga erishishning asosiy faktorlari bu sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 254,5 mlrd. so‘m 108,1 foizga, xalq istʼmol mollarini ishlab chiqarish hajmi 88,3 mlrd. so‘m 100,0 foizga, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmi 868,7 mlrd. so‘m 106,5 foizga, pudrat ishlari hajmi 141,5 mlrd. so‘m 115,2 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 321,4 mlrd. so‘m 108,0 foizga, jami xizmatlar hajmi 145,4 mlrd. so‘m 108,0 foizga o‘sishi hisobidan bo‘ldi.

 

Byudjet-soliq siyosati.

2019 yil mobaynida mahalliy byudjetning daromadlar rejasi 73 577,4 mln. so‘m bo‘lib, xaqiqatda 86 055,9 mln. so‘mga bajarildi. Byudjet harajatlar rejasi 166 072,4 mln. so‘m bo‘lib, xaqiqatda 180 148,0 mln. so‘mni tashkil qildi. Mahalliy byudjetdagi transfer salmog‘i 124 055,4 mln so‘m tashkil qiladi.

 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.

Joriy yil 1 yanvar holatiga tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining soni 1739 tani tashkil etib, shundan 913 ta yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, 826 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil qilgan.

2019 yil mobaynida 224 ta subyektlar yangidan tashkil etilgan.

 

Qishloq ho‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish

2018 yilda ishlab chiqarilgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari xajmi 2019 yil bilan solishtirilganda o‘sish surʼati 106,5 foizni tashkil qildi. 12122 tonna go‘sht (tirik vaznda), 53558 tonna sut, 30209 ming dona tuxum va 261 dona qorako‘l terisi yetishtirildi

Shundan, fermer xo‘jaliklari tomonidan 222 tonna go‘sht (tirik vaznda), 2829 tonna sut, 10377 ming dona tuxum va 15 dona qorako‘l terisi yetishtirildi.

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida 2019 yilning 1 yanvar holatiga shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklaridagi qoramollarning bosh soni 124064 boshga, fermer xo‘jaliklaridagi qoramollarning bosh soni esa 6171 boshga yetdi.

 

Tashqi iqtisodiy aloqalar

2018 yilda tumanda tashqi savdo aylanmasi 23,6 mln AQSH dollarni tashkil qildi. Jumladan eksport 10,1 mln AQSH dollari o‘tgan yilga nisbatan 4,2 karraga bajarilgan, import esa 13,5 mln AQSH dollari tashkil qiladi o‘tgan yilga nisbatan 134,5 foizni tashkil etgan.

 

Ijtimoiy sohani rivojlantirish

2020 yil 1 yanvar holatiga mehnatga layoqatli aholi soni 86,9 ming kishini, iqtisodiy faol aholi soni 61,8 ming kishini, iqtisodiyotda band aholi soni 65,6 ming kishini tashkil qiladi.

2019 yilda 1327 ta yangi ish o‘rnini yaratish belgilangan, amalda 1450 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, reja 109,3 foizga bajarildi.