Yangi O’zbekiston-maktab ostonasidan boshlanadi.

Yangi O’zbekiston-maktab ostonasidan boshlanadi.

Mustaqillik sharofati bilan yurtimiz tanib bo’lmas darajada chiroy ochdi.Bizning  ko’hna tarixga ega, yosh navqiron Ellikqal’a  tumanimiz ham chiroyda tengsiz desam yanglishmayman,albatta. Hurmatli  Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoyev tashabbuslari bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida olib borilayotgan islohotlar har bir yoshlarimiz, yurtdoshlarimiz uchun imkoniyat eshigi bo’lib hizmat qilishi  so’zsiz. Prezidentimiz BMT Bosh assembleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqida  “Sayyoramizning ertangi kuni ,farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib  kamolga yetishi bilan bog’liq.Bizning asosiy vazifamiz –yoshlarning o’z salohiyatini namoyish qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” deya ta’kidlagandi.

Maktab –oliy dargoh.   Igna bilan quduq qazigandek ustozlarning mehnatlari natijasi bir necha yillardan keyin o’z samarasini beradi. Mashaqatli kasb egalari o’z mehnatlari samarasini ko’rib,  cheksiz quvonchga  to’ladi. Men Ellikqal’a  tumani 11-umumta’lim      maktabida                                                                                                                                                                                                                             22 yildan buyon faoliyat olib  boraman. Maktabimiz  tumanimizdagi eng ko’zga tashlangan ta’lim maskanlaridan biri. Unig quchog’i  hamisha bilimga chanqoq yoshlar bilan to’la. O’qituvchilarimiz o’quvchilarga  o’zlarining bilim tajribalarini,mehr-shijoatlarini  yurtimiz kelajagi, ertasi bo’lgan yoshlarga ayamasdan berib kelmoqdalar.

Hozirgi kunda  maktabimizda faxrlansa arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabimizda O’zbekiston Qahramoni  I.Yusupovning  buyusti o’rnatilgan, shoir hotirasiga muzey tashkillashtirilib, u yerda shoirning hayoti va ijodidan namunalar  keltirilgan. Shuningdek, tarixiy muzey ham tashkillashtirilgan bo’lib,u xalqimizning qadimgi yashash sharoitini o’zida aks ettirib, bizga ota-bobolarimizning madaniy va ma’naviy  hayot kechinmalaridan so’zlayotgandek go’yo.Bunday muzeylarning tashkil qilinishi yosh avlodning ma’naviy dunyo qarashini kengaytirishda,bilim salohiyatini oshirishda , Ona Vatanga bo’lgan hurmat hissini shakllantirishda yordam beradi, albatta.                                                             Shuningdek,  maktabimizdagi zamonaviy  kompyuter xonasi  o’quvchilarning  kompyuter  savodxonligini oshirsa, ko’z quvonarli darajadagi kutubxonamiz esa o’quvchilarimiz uchun ziyo maskaniga aylangan.U yerda bolalar hamisha gavjum.  O’quvchilar shunday zamonaviy  ta’lim maskanida  ta’lim-tarbiya olar ekan, o’zlarining murg’akgina qalblarida Vatanga bo’lgan muhabbat hissi  jo’sh  urishi  shubhasiz.

Shunday ekan, o’quvchilarimiz  fan olimpiyadalarida, bilimlar bellashuvlarida ,qolaversa sport bo’yicha ham tuman bosqichlarida sovrinli o’rinlarni egallab,Respublika miqiyosida o’tkazilayotgan bellashuv, tadbirlarda yaxshi natijalarga erishib  kelmoqdalar  .                                                                                                                                                                               Yaqindagina maktabimizda ta’lim olib hozirgi kunda Qoraqolpoq Davlat Universiteti talabasi bo’lgan Sadikov Kamol  Xalqaro Matematika Olimpiadasida oltin medal sohibi bo’lganligi butun maktabimiz o’qituvchilari, qishlog’imiz xalqi.qolaversa tumanimiz uchun ham katta yutuq, Respublikamizning  30 yillik to’yiga katta to’yona   bo’ldi.     Shu munosabat bilan maktabimizda katta tadbir o’tkazilib,unda  tumanimiz hokimi S. Avezov, tumanimiz  Xalq ta’limi mudiri   A.Nurimbetovlar qatnashdi. Ular bizning faxrimizga aylangan Kamol Sadikovni erishgan yutug’i  bilan tabriklab,  unga, ustozlariga,ota-onasiga katta rahmatlar aytib,kelgusi ishlarida katta omad va muofaqiyatlar tiladi va tuman hokimligi tamonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

Go’zal va betakror, jannatmakon O’zbekistonimizda  ilmli va shijoatli yoshlar ko’payaversin, yurtimiz nufuzi yana ham oshaversin. Yoshlaimiz ularga berilayotgan imkoniyatlardan  o’rinli foydalanshsa, albatta, Yangi O’zbekiston kelajagi buyuk bo’lishi so’zsizdir.

Ellikqal’a  tumani 11-umumta’lim maktabining  ijodiy va   madaniy                       ishlar bo’yicha targ’ibotchisi  Kizilgul Nurimova