Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Sogʼliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2021 yil 25 maydagi PQ-5124-son qaroriga asosan ,Qoraqalpog’iston respublikasi Ellikqal’a tumani Raqamli texnologiyalar oʼquv markazida IT-operatorlar, hamshiralar va shifokorlar uchun bepul tarzda Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 17 sentyabr kuni tasdiqlangan oʼquv kursi dasturi asosida 20 soatlik oʼquv kurslari tashkil etildi. Tashkil etilgan bepul oʼquv kurslari davomida 14 nafar tibbiyot xodimlari jalb etildi.
