Ellikqal’a tumaniga  senator Botir Matmuratov tashrif buyurdi.

Ellikqal’a tumaniga senator Botir Matmuratov tashrif buyurdi.

2021-yil 29-30-sentabr kunlari Toshkent shahrida Õzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining o’n to’qqizinchi yalpi majlisi bõlib õtgan edi.Unda 14 ta masala, shu jumladan 8 ta qonun kõrib chiqildi.Bugun 7-oktabr kuni Ellikqal’a tumaniga Õzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining Orolbõyi mintaqasini rivojlantirish qõmitasi raisi õrinbosari, senator Botir Matmuratov tashrif buyurdi.

Majlisni tuman hokimi Seydamat Avezov ochib berdi hamda boshqarib bordi.Yiģilishda tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jõqorği Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, hokim õrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Muhokama qilingan qununlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlanishini takomillashtirish hamda fuqarolarning erkinliklarini, burch va majburiyatlarini har tomonlama ta’minlashga qaratilgan.

Qonunlarni tarğib qilish respublikamiz fuqarolarining huquqiy savodxonligini oshiradi.Shuningdek aholining huquqiy ongini kengaytirish vazifasini ham bajaradi.