Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938 farmoniga muvofiq FHDYO organlari DXA tizimiga o’tkazilgandi.
Shundan to bugungi kunga qadar FHDYO da fuqarolarga sifatli va samarali xizmat ko’rsatish, aholiga huquqiy maslaxat berish bo’yicha tizimli sa’y harakatlar amalga oshirilmoqda.
-1935-yildan to bugungi kungacha qayd qilingan barcha turdagi dalolatnoma yozuvlari yagona elektron bazasi shakllantirilib, boshqa davlat tashkilotlari bilan ma’lumotlar integratsiyasi yo’lga qo’yildi.
-tug’ilganlik va o’limni qayd qilishda kompozit xizmatlar joriy qilindi
Eng samarali yangiliklardan bo’lgan murojaatlarni eksterritorial tartibda ko’rilishi orqali fuqarolarning butun Respublika doirasida istalgan FHDYO organi orqali murojaatlar yechimini topish imkoniyati tug’ildi.
Oddiygina misol tariqasida aytadigan bo’lsak, fuqaro Eshonqulova Shirin Burievnaning 2021 yilda Ellikqal’a tumanida tug’ilgan farzandining tug’ilishini qayd qilish uchun zarur bo’lgan xujjatlar Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanidan eksterritorial tartibda olinib, farzandining tug’ilishi qayd qilindi. Oldingi tartibga asosan shu hujjatlarni olishi uchun Qashqadaryo viloyatiga borib kelishiga to’g’ri kelgan bo’lar edi.
Sohaga oid islohotlar natijasida fuqarolarga xizmat ko’rsatish jarayonlarini yanada yengil va qulay shaklga aylanmoqda desak yanglishmaymiz..