Bugun Ellikqal’a tumani 18-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida yoshlarning muammolarini o‘rganish, fikr va takliflarini eshitish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi S.Avezov so‘zga chiqib bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va tumanda yoshlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi.
Ochiq va samimiy ruhida kechgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishdi.
Bildirilgan muammo va takliflar joyida xal qilindi.
Shuningdek uchrashuv davomida “Talabaga madad” loyihasi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 20 nafar talaba yoshlarning o‘qish shartnoma pullarning 50% miqdoridagi qismi to‘lab berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlari topshirildi.