Qoraqalpog’iston Respublikasi favqulodda Vaziyatlar Kengashining 2021 yil 13 noyabr kungi 117-13-0-F/21 sonli farmoyishiga asosan Ellikqal’a tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi S.Avezov boshchiligida tuman ovul va mahalla fuqarolari yig’inlari raislari hamda barcha korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida yong’in xavfsizligi oyligini o’tkazish bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda barcha tashkilot rahbarlariga tegishliligi bo’yicha topshiriqlar berildi.
