Ayollarga huquqiy maslahatlar berildi.

Ayollarga huquqiy maslahatlar berildi.

Ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularni “Ayollar daftari”ga olish orqali koʻmak berish tizimi davlatimiz rahbarining alohida nazoratida. Joriy yilda esa ushbu tizimni davom ettirish orqali ularni muammolarini hal etib “Ayollar daftari”dan chiqarish choralarini koʻrish barcha davlat idoralari va tashkilotlarning oldidagi muhim vazifaga aylandi.
Shu maqsadda joriy yilning 16-avgust kuni Ellikqal’a tuman adliya boʻlimi tomonidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda Ellikqal’a tumani “Qirqqizobod” OFY binosida sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul jarayonida tumandagi “Qirqqizobod” OFY, “Toza bogʻ” OFY, “Jasorat” MFY, “Guldursin” OFY, “Saxtiyon” SHFY, “Guliston” OFY, “Oq oltin” MFY hamda “Yangi Oʻzbekiston” MFY hududida yashovchi, “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan jami 34 nafar ayollarga huquqiy maslahat va tushuntirish berish ishlari amalga oshirilib, ularning bu boradagi muammolari hal qilindi.
Xususan, qabul jarayonida turar joy qurish uchun yer maydoni olish tartibi, bola parvarishi uchun nafaqa tayinlash, turar joyni nomiga rasmiylashtirish, aliment undirish tartibi toʻgʻrisida huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyati, oliy ta’lim olishda ayollarga berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini yuritish tartibi va yengilliklar, saylov qonunchiligi toʻgʻrisida keng tushuntirishlar berildi.