Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish tezlashmoqda.

Bosh Vazir Abdulla Aripov tomonidan barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarga yo‘llagan topshiriqda 2021-yil 1-avgustiga qadar quyidagilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanishi kerakligi ta’kidlangan:

barcha joy va ko‘cha nomlari;
atamalar;
tashkilotlarning nomlari;
peshlavhalar;
ommaviy targ’ibot vositalari;
reklama va e’lonlar;
ish qog’ozlari va turli blanklar.

Hurmatli korxona va tashkilot rahbarlari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi joylari va Ellikqal’a tumanida ichki, tashqi yozuvlar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar diqqatiga!

2021-yil 1-avgust sanasiga qadar, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish bo‘yicha Ellikqal’a tumandagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalar, reklama va e’lonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlashingizni hamda yozuvlarga e’tiborli bo‘lishni so‘rab qolamiz.

Ellikqal’a tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Sherbaev