Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, shu jumladan, xotin-qizlar turmush sharoitini yaxshilash, hayoti farovonligini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Natijada bugungi kunda kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, taqdir taqozosi bilan qiyin ahvolga tushib qolgan ayollar muammolarini hal etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlar borasida keng-koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
📌Ellikqal’a tumanida yashovchi “Ayollar daftari”ga kirgan munis opa-singillarimiz uchun Xorazm viloyatidagi tarixiy obidalar boʻylab bepul sayohatlar uyushtirilmoqda.
📌Bugun Ko’hna Xiva shahriga Ellikqal’a tumanida ‘’Ayollar daftari’’ ro’yxatida turuvchi ayollarimizning bir guruhi sayohatga yuborildi.