Joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.  Bugun Ellikqal’a tumanida o’tkazilgan  media-tur aynan shu mavzuda bo’lib o’tdi.

Joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi. Bugun Ellikqal’a tumanida o’tkazilgan media-tur aynan shu mavzuda bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish, daromad manbaini kengaytirish va mehnat faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida PQ-55 sonli qarori qabul qilindi.

Bugun Ellikqala tumani “Toza bog’” ovul fuqarolar yig’ini xududida “El agro tomorqa” ma’suliyati cheklangan jamiyati klasterida media-tur tashkil qilindi. Seminarda, O’zbekiston Fermerlar Kengashi huzuridagi jamg’arma direktori T. Sattarov, Qoraqalpog’iston Respublikasi fermerlar Kengashi raisi Q. Nurimbetov, Ellikqal’a tumani hokimi o’rinbosari I. Yunusov, mas’ul rahbarlar, hokim yordamchilari, soha vakillari ishtirok qildilar.

Seminar jarayonida mazkur qaror asosida, O’zbekiston fermer, dexqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari  tomonidan aholiga parranda, qo’y va echki, asalarilar bilan shug’ullanishlari uchun hamda tomorqa xizmatlarining moddiy texnik bazasini mustaxkamlash axoliga xizmat ko’rsatish uchun garovsiz xokim yordamchilari kafilligi asosida 300 mln so’mgacha kredit mablag’lari berilishi yuzasidan tushunchalar berildi. Yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga tegishlicha javoblar olishdi.

 

Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati.