Mazkur mukofot bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hokimi S.Avezov, tuman hokimining birinchi o’rinbosari vasiylik kengashi raisi B. Alimov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari B.Alimov, O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi Ellikqal’a tuman bo’limi rahbari A.Xudayberganovlar munosib taqdirlandi. Shuningdek, tuman hokimi S. Avezovga «Tuman mudofaa bo’limlariga yaqindan amaliy yordam ko’rsatib kelayotganliklari hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi munosabati bilan Shimoliy-G’arbiy okrugi qo’shinlari Qo’mondoni F.O. Shermatovning faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.
Tadbirda yoshlarni xarbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda xarbiy xizmatni yoshlar orasida keng targ’ib qilishdagi faolligi uchun 2-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab direktori Sh. Xalmuratov, chaqiriqqa qadar boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi J.Urazbaevlar Ellikqal’a tumani hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Yil davomida hamkorlikda olib borilgan ishlarda faollik ko’rsatgani uchun, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yaxshi yo’lga qo’yganligi hamda ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borganligi uchun “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo’linmasi rahbari A. Matniyazova, tuman hokimligining axborot xizmati rahbari T. Nurimova, Ellikqal’a mahalliy televideniyasi rahbari G. Rajapovalar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati.