#Jarayon Hokim yordamchilari-Xalq ko’makchilari   Ellikqal’a  tumani hokimining mahallalardagi yordamchilari bugungi kunda aholining chinakam ko’makchisiga aylanib bormoqda.

#Jarayon Hokim yordamchilari-Xalq ko’makchilari Ellikqal’a tumani hokimining mahallalardagi yordamchilari bugungi kunda aholining chinakam ko’makchisiga aylanib bormoqda.

Hokim yordamchilari har bir sektor kesimida mahallalarda uyma-uy yurib, muammo va takliflarni aniqlab, o’zlariga reja qilib olib faoliyat olib bormoqda.

Shu o’rinda aniqlanayotgan kamchiliklar va takliflarni bosqichma-bosqich bartaraf etib borishda tuman hokimi va barcha tashkilotlar yaqindan yordam beradi.

Tumandagi  “Bo’ston” mahallasiga tayinlangan hokim yordamchisi o’z faoliyatini boshladi va mahallada mavjud bo’lgan 10 ta ko’chada 571 xonodon bo’lsa, bugunga qadar 315 ta xonodon  to’liq xatlovdan o’tkazib bo’lingan. Xatlov davomida xonadonlardagi mavjud masalalar va takliflar o’rganilib, qayd etilmoqda.

Ayni vaqtda, xonadonlarni umumiy holati va daromad topish yo’nalishiga ko’ra  tadbirkorlikka jalb qilish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish buyicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Ma’lumot uchun: “Bo’ston” mahallasiga hokim yordamchisi etib Alimov Dilshod Seytmamatovich  tayinlangan.

 

Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati