ASOSIY MAQSAD – INSON QADRINI ULUG’LASh VA XALQIMIZNING ROZILIGIDIR.                    Bugun Ellikqal’a tumani hokimi S. S. Avezov joriy yilda ijtimoiy – iqtisodiy muommolar eng ko’p bo’lgan “Og’ir hudud” dasturiga kiritilgan “Dumanqal’a” va “Oq Oltin” mahalla fuqarolar yig’inlarida mahalla aholisi bilan uchrashib ochiq muloqot qildi.

Uchrashuvda Ellikqal’a tumani prokurori 2-sektor rahbari Sh. Matyakubov, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i 3-sektor rahbari U. Sitmuratov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Ellikqal’a tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A. Jumageldiev, mas’ul korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, mahalla aholisi ishtirok qildilar.

Uchrashuvni  tuman hokimi olib bordi. Mazkur mahallalarning “Og’ir hudud” dasturiga kiritilganligini ma’lum qildi va belgilanadigan bajarilishi lozim masalalar ijrosini sektorda ta’minlash maqsadida maxalliy aholi vakillari bilan suhbat bo’lib o’tdi.

Shuningdek, aholining muammolari ham o’rganildi. Ular Birinchi navbatda maxallaga olib boruvchi yo’lni asfaltlash xamda qurilishi tugallanmagan KVP binosini ishga tushishida amaliy yordam so’rab murojaat qildilar. Aholi tomonidan qilingan murojaatlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

2022 yilning “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” deb nomlanishi, shunchaki, zaruriyat emas. Bunda Davlat rahbarining fuqarolar dilidagi orzu-umidlarini, xohish-istaklarini amalga oshirish borasidagi jiddu-jahdi to’laligicha aks etgan. Og’ir hududlarda bajariladigan xalq roziligi yo’lidagi ishlar inson qadrini ulug’lashning yana bir isbotidir.