Yangi O‘zbekistonning baxtli bolajonlari

Yangi O‘zbekistonning baxtli bolajonlari

Yangi O‘zbekistonning baxtli bolajonlari

Ellikqal’a tumanida 31 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 10 ta davlat sherikchiligi asosida faoliyat yuritayotgan, 91 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 9460 nafar bolajonlar sog‘lom ulg‘ayishmoqda.

Biz ijodiy jamoamiz bilan «Tozabog‘» ovul fuqarolar yig‘inidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdik. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bugungi kunda 8 ta guruhda 225 nafar hudud bolajonlari jalb qilingan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti 2020-yili zamonaviy qiyofada qayta rekonstruksiya qilindi. Hozirgi kunda tashlikot bolajonlari zamon talablari asosida jihozlangan tashkilotda tarbiyalanishmoqda


Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Ilk qadam» dasturi asosida tarbiya berilib bolajonlarning sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Kelajagimiz egalari bolajonlarga berilayotgan imkoniyatlar yurtimiz rivojlanishining poydevoridir.