«Yuksalish» umummilliy xarakati, YUNISEF bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xamda Yoshlar ishlari agentligi xamkorligida «Bolalar va yoshlar uchun do‘stona maxalliy boshqaruv» tashabbusi amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda Toshkent shahrida ushbu tashabbusda ko’zda tutilgan rejalarni samarali amalga oshirish, mahalliy boshqaruvning yoshlar bilan ishlash tizimini yaxshilashga qaratilgan samarali mehanizmlarni ishlab chiqish maqsadida o’quv-treninglari o’tkazilmoqda. Ushbu treningda tumanimizdan tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari ishtirok etmoqda.

Oldin xabar berganimizdek Global tashabbusga butun O‘zbekiston bo‘yicha 6 ta shaxar tanlab olingan bo‘lib Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Ellikqal’a tumani Bo‘ston shaxri kiritilgan. 2022 yil 29 aprel kuni global tashabbusni Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahrida amalga oshirilishi bo‘yicha memorandum imzolangan va joriy yilning 22-24 sentabr kunlari tumanimizga loyiha menejerlari, ekspertlar tashrif buyurishgan edi.