Seminar treningga Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Ellikqal’a tumani va To’rtko’l tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim muassasalarining malakali 21 nafar psixologlari jalb etildi.
Seminr-trening mashg‘ulotlarining birinchi kuni bo‘yicha tayyorlanayotgan trenerlar uchun “Stressni boshqarish”, “Hissiy jihatlarni tartibga solish”, “Ijobiy fikrlash”, “O’z-o’zini hurmat qilish” “Shaxslararo muloqot samaradorligi”, “Nizolarni hal qilish” kabi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar berilib, trening jarayonlari ko‘tarinki ruhda davom ettirilmoqda.