Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi «Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-408-sonli qarori ijrosi hamda O’zbekiston Respublikasining yangi mehnat kodeksining mazmun- mohiyatini tushuntirish va targ’ib qilish yuzasidan Ellikdal’a tumaniga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari, senator Botir Matmuratov tashrif buyurdi.

Senator B.Matmurodov Prezident qarorlarining xalqimiz uchun nechog’lik muhim ahamiyatga ega ekanligini aytaib, mahallalarda yuz berayotgan o’zgarishlarni aholi orasida keng targ’ib qilishga qaratilgan ishlar deputatlar tomonidan amalga oshirilishini aytib o’tdi.
Yangi qabul qilingan mehnat kodeksining mazmun-mohiyati ham tushuntirib o’tildi. Ellikda’la tumani hokimi o’rinbosari A.Seitov PQ-408-Sonli qarori yuzasidan Ellikdal’a tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishtirib o’tdi. Mahallalarda infrstrukturaning yaxshilanishi borasida sektor rahbarlari bilan birgalikda tushuntirishlar olib borildi. Endilikda tender savdolari yakuniga yetgach, har bir hududda ishlar boshlab yuborilishi aytib o’tildi.

Перейти к содержимому