Ayni daqiqalarda Ellikqal’a tumani hokimligida tumandagi 4 ta sektor hududidagi 55 nafar «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftarida» ro‘yxatda turuvchi, ishsiz ayollar va yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.
Ellikqal’a tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan bu tadbirda tuman hokimi S. Avezov va sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalladagi hokim yordamchilari va aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok qildi.
Tuman hokimi o‘z so‘zida albatta bu berilayotgan subsidiyalar ayollarimiz va yoshlarimizning bandligini ta’minlashda, shuningdek o‘z oilalariga iqtisodiy tomondan ko‘mak bo‘lishini alohida ta’kidladilar.
