YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH, YERGA BO‘LGAN HUQUQLARNI ISHONCHLI HIMOYA QILISH VA ULARNI BOZOR AKTIVIGA AYLANTIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTINING

QONUNI

YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH, YERGA BO‘LGAN HUQUQLARNI ISHONCHLI HIMOYA QILISH VA ULARNI BOZOR AKTIVIGA AYLANTIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 26-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda) 10-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyat va Toshkent shahar hokimi yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishga, yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini bekor qilishga haqli.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda, tuman, shahar hokimi jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzadi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari yer uchastkasini yoki uning bir qismini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

Xalq deputatlari Kengashi, hokim qonunchilikka muvofiq yer munosabatlari sohasidagi boshqa masalalarni ham hal qiladi”.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ-350-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 9, 588, 591-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 12, 1194-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda) 11-moddasining birinchi qismiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

yigirma uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

yigirma to‘rtinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha yigirma uchinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli Qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar) 1115-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1115-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni meros qilib olish

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni meros qilib olish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ushbu Kodeks qoidalari bilan tartibga solinadi”.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-408-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 37-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yuridik yoki jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda berilgan, muhofaza qilishga va takror ko‘paytirishga doir tadbirlar, ov qilish va (yoki) baliq ovlash amalga oshiriladigan hudud ovchilik va (yoki) baliq ovlash xo‘jaligidir.

Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xo‘jaligini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari yoki suv obyektlari qonunda belgilangan tartibda berilishi mumkin”.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 5-modda birinchi qismining:

beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi — o‘ninchi xatboshilari tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

sakkizinchi xatboshisidagi “shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 9-moddaning oltinchi qismidagi “yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda” degan so‘zlar “ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirmalarda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi shartnomalarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 13-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ho‘jaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi”;

4) 20-modda birinchi qismining:

ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“shahar va posyolka quriladigan yerlarning ma’muriy imoratlar hamda inshootlar qurilgan yerlari yoki shunday imoratlar va inshootlar qurish uchun berilgan yerlar, aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar”;

uchinchi xatboshisidagi “ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

5) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Korxonaga, binoga, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi, ho‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Uy-joyga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros bo‘yicha olish va boshqa hollarda) ushbu obyektlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birgalikda boshqa shaxslarga o‘tayotganda uy-joy, ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi.

Uy-joy, korxona, bino, inshoot, ko‘p yillik dov-daraxtlar yoki boshqa ko‘chmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga erning yangi egasi yoki erdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.

Uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, ko‘p yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan mulk huquqi, ho‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, ko‘p yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa ko‘chmas mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi o‘tadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasining bo‘linishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari tomonidan mazkur Kodeks 10, 21 va 62-moddalarining talablariga muvofiq amalga oshirilib, keyinchalik yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinadi hamda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan tegishli elektron ko‘chirmalar beriladi. Ushbu masalalar bo‘yicha nizolar sud tartibida hal etiladi”;

6) 23-modda ikkinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3) ijaraga berish — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek ochiq elektron tanlov va elektron onlayn-auksion vositasida”;

7) 24-modda ikkinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1) ochiq elektron tanlov natijalari asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga”;

8) 33-moddaning:

birinchi qismidagi “Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma” degan so‘zlar “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, viloyat va Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarori, ijara shartnomasi, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalarining yer uchastkasini bo‘lish haqidagi hujjatlari, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qarori asosida beriladi”;

9) 35-modda:

ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalari joylashgan erda amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga quyidagilar kiritiladi”;

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi”;

10) 38-modda:

birinchi qismidagi “yer uchastkasini bergan organga”, “Yer uchastkasini bergan organ” degan so‘zlar tegishincha “tuman, shahar hokimiga”, “Tuman, shahar hokimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi”;

11) 46-moddaning:

birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi”;

2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish ho‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun”;

12) 49-moddaning:

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat ho‘jaliklariga) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga qo‘shimcha yer uchastkalari olishi mumkin”;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat ho‘jaliklariga), qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga ochiq elektron tanlov orqali beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) raisi, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi o‘rtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi”;

13) 491-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“491-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish ho‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga yer uchastkalarini berish

Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish ho‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish hamda ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun beriladi.

Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish ho‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.

Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish ho‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi”;

14) 53-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi”;

to‘rtinchi va beshinchi qismlari chiqarib tashlansin;

oltinchi — to‘qqizinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;

15) 55-modda:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“55-modda. Dehqon xo‘jaligini yuritish, shuningdek yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish”;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi”;

16) 58-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“58-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish”;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan tartibda beriladi”;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;

17) 61-moddaning:

nomi “yer uchastkalarini berish” degan so‘zlardan keyin “(realizatsiya qilish)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchito‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismidagi “tuman, shahar va viloyat hokimining qarorlari bilan tasdiqlanadi” degan so‘zlar “amalga oshiriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

18) 62-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish va o‘zga ehtiyojlar uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin”;

19) 64-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlarni saqlash vazifalari o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday obyektlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida bo‘ladi”;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yo‘llar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarga va fuqarolarga yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin”;

20) 65-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarda hamda boshqa yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga bu yerlar ushbu Kodeksning 9-moddasiga muvofiq yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi”;

21) 67-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan imoratlar va inshootlar ro‘yxati yer uchastkasini berishdan oldin aniqlanadi”;

22) 69-moddaning:

birinchi qismidagi “doimiy foydalanishga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti, kommunal xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar, shu jumladan avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari hamda aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlarining muhandislik obyektlari va tarmoqlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan yerlar, shuningdek transport obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish (obodonlashtirish) va rivojlantirish uchun berilgan yerlar kiradi.

Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini va ularda tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye hamda axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga berilgan yerlar, shuningdek kosmik faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun berilgan yerlar kiradi”;

23) 70-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish)

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;

24) 73-moddaning birinchi qismidagi “tegishli yuridik shaxslarga foydalanishga” degan so‘zlar “yuridik va jismoniy shaxslarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

25) 74-moddaning birinchi qismidagi “doimiy foydalanishga yoki ijaraga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

26) 75-moddaning birinchi qismidagi “tegishli yuridik shaxslarga doimiy foydalanishga berilgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

27) 76-modda uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkin”;

28) 78-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Zaxira yerlar yer fondi toifasi o‘zgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berishga mo‘ljallanadi”;

29) 85-modda birinchi qismining:

to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha da’volar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar yuborish”;

beshinchi xatboshisi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan so‘zlardan keyin “va sudga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 4, 199-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 9, 540-modda, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 5-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi bilan belgilanadi”;

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

2) 11-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Fermer ho‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov asosida o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi”;

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi ochiq elektron tanlov g‘olibi va tuman hokimi o‘rtasida bir ish kuni ichida imzolanadi”;

to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 13-moddaning:

beshinchi qismidagi “ushbu Qonunning 5-moddasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ijara shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish orqali ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismi talablariga javob beradigan o‘z oila a’zolaridan biriga qonunchilikka muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishga haqli”;

4) 18-moddaning ikkinchi qismi “ochiq” degan so‘zdan keyin “elektron” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

5) 31-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin”;

6) 32-moddaning:

ikkinchi xatboshisi “ochiq” degan so‘zdan keyin “elektron” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“fermer xo‘jaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda, bundan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan fermer xo‘jaligining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilgan hollar mustasno”.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi 666-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 432-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika tadqiqotlarini va boshqa tadqiqotlarni hamda izlanishlarni o‘tkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatidan hisobga olish hamda baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ta’minlanadi”;

2) 13-moddaning:

birinchi qismidagi “va ularga doir bitimlarning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

oltinchi qismidagi “davlat ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma” degan so‘zlar “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“davlat ro‘yxatiga olish sanasi va tartib raqami to‘g‘risidagi”;

4) 15-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari viloyat va Toshkent shahar hokimining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlari, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari asosida ro‘yxatga olinadi”;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Korxonaga, binoga, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi, ho‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ana shu mulklarning oldi-sotdisi, almashtirilganligi, hadya etilganligi, vasiyat qilinganligi to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar va yer uchastkasiga oid tegishli hujjatlar asosida ro‘yxatga olinadi”.

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi 770-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-aprelda qabul qilingan O‘RQ-475-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 423-modda; 2019-yil, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539, 540-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 6-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishidagi o‘rmonlardan iboratdir”;

2) 8-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘rmon fondi yerlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlariga, davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanishga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilishi mumkin”;

3) 31-moddaning oltinchi qismidagi “egalik qilishga” degan so‘zlar “foydalanishga” degan so‘z bilan almashtirilsin.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi 822-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 9, 414-modda; 2011-yil, № 12/2, 366-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Telekommunikatsiya inshootlari va obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, qayta qurish, ta’mirlash bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun operatorlarga va provayderlarga berilgan yerlar telekommunikatsiya tarmoqlarining yerlari jumlasiga kiradi. Telekommunikatsiya tarmoqlarining yerlari aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiradi”.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi 171-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat kadastrlarining yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (bundan buyon matnda Milliy geografik axborot tizimi deb yuritiladi) shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisobi yuritilishini, baholanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Davlat kadastrlarining axborotini Milliy geografik axborot tizimiga taqdim etish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda, faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Bunda davlat sirlari jumlasiga kiritilgan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish davlat sirlarini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlari axborotini taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;

2) 5-modda birinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

3) 9-moddaning:

uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

“Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geografik axborot tizimida yuritish tartibini belgilaydi;

Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlari axborotini taqdim etish tartibini belgilaydi”;

to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

4) 10-modda:

birinchi qismi “Kadastr agentligi” degan so‘zlardan keyin “Milliy geografik axborot tizimini va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geografik axborot tizimida yuritadi”;

5) 11-moddaning:

to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar) 484-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yer uchastkasiga bo‘lgan huquq”.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 710-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “foydalanishga” degan so‘z “ijaraga” degan so‘z bilan almashtirilsin;

2) 12-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ana shu yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga faqat davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi”.

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 6-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari” degan so‘zlar “qonunchilikka muvofiq berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 11-moddaning matnidagi “meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish, ijara huquqlari” degan so‘zlar “yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 16-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisidagi “meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, ijara huquqi” degan so‘zlar “yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 54-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar qonunchilikka muvofiq garov narsasi bo‘lishi mumkin”.

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-336-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 9/2, 245-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova) 19-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Bunda yetkazilgan zararning o‘rni egalik qiluvchiga to‘liq qoplanishi kerak”.

15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda) 38-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ichki ishlar organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish huquqi beriladi va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida sotib olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi”.

16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-mayda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 262-modda; 2021-yil, № 1, 16-modda, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 121-moddaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkalari davlat sherigiga auksion o‘tkazmasdan doimiy foydalanishga ajratilishini ta’minlaydi”;

2) 14-moddaning beshinchi qismidagi “yer uchastkasidan foydalanish huquqini” degan so‘zlar “yer uchastkasiga ijara huquqini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat-xususiy sheriklik obyekti joylashgan va (yoki) davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari yoki ularning bir qismi davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan muddatga va shartlar asosida ijaraga beriladi. Davlat sherigining davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan doimiy foydalanishdagi yer uchastkasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday yer uchastkasi davlat sherigiga uning murojaatiga ko‘ra doimiy foydalanish uchun beriladi hamda davlat sherigi uni xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan muddatga va shartlar asosida ijaraga beradi.

Davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtirilgan miqdorda hisoblanadi. Ijara haqini hisoblashda yer solig‘iga doir imtiyozlar inobatga olinadi.

Davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka yer uchastkasini ijaraga berishga doir majburiyatning bajarilmaganligi xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni bir tomonlama bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning tugatilishi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkasining ijarasiga nisbatan shartnomaviy munosabatlarni tugatish uchun asos bo‘ladi”;

4) 35-moddaning uchinchi qismidagi “yer uchastkasidan foydalanish huquqlarini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-mayda qabul qilingan “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-538-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 263-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 6-moddaning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yaylovlarni foydalanish uchun ijaraga berish tartibini tasdiqlaydi”;

2) 7-moddaning:

beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

3) 13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini ijaraga, shu jumladan ikkilamchi ijaraga olish yo‘li bilan yaylovlardan foydalanishi mumkin.

Yaylovlar ijara huquqi asosida ochiq elektron tanlov orqali jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin”.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-539-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 264-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joylashtirish uchun yer uchastkalarining berilishini ta’minlaydi”.

19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 387-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 10-moddasining to‘qqizinchi xatboshisidagi “shuningdek, yer uchastkalarini o‘z vaqtida ajratish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 892-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 6-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini olish”;

2) 7-moddaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari, shuningdek mulk huquqlaridan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar”;

3) 19-modda to‘rtinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mol-mulkni, ulushni, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan emitentlangan aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga, turar joylarga bo‘lgan mulk huquqini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olishda — mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran”;

4) 25-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish, shuningdek boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash”;

5) 54-moddaning to‘qqizinchio‘ninchi va o‘n birinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yigirma besh yilgacha muddatga, biroq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalaridan qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va shartlarda ijara huquqi asosida foydalanishi mumkin.

Bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga o‘tganda ushbu obyektlar bilan birga yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlar asosida o‘tadi”;

6) 55-moddaning birinchi qismidagi “mulk” degan so‘z chiqarib tashlansin.

21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 424-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga” degan so‘zlar “Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 433-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga” degan so‘zlar “Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 434-modda birinchi qismining:

1-bandidagi “meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga” degan so‘zlar “belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2-bandidagi “meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga” degan so‘zlar “belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevralda qabul qilingan “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-604-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 106-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 4-moddaning:

to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 7-moddaning to‘rtinchi — yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar alohida hollarda, faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun farmatsevtika hamda agrar yo‘nalishdagi maxsus iqtisodiy zonalar uchun berilishi mumkin. Boshqacha faoliyat va tarmoq ixtisoslashuviga ega bo‘lgan maxsus iqtisodiy zonalarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ularning yer fondi toifasi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda o‘zgartirilganidan keyin berilishi mumkin.

Maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi tomonidan beriladi va uning tasarrufida turadi, bundan maxsus sanoat zonalarining hududlari mustasno.

Maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining qarori bilan tasdiqlangan investitsiya buyurtmanomasida ko‘rsatilgan o‘lchamdagi yer uchastkasi elektron onlayn-auksion o‘tkazishni boshqa tashkilotlar bilan kelishib olish zaruratisiz maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi tomonidan elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi. Mazkur tartib maxsus sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Elektron onlayn-auksion g‘olibi investitsiya buyurtmanomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasini ijaraga olish va maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi bilan investitsiya shartnomasini tuzish huquqiga ega bo‘ladi”;

3) 24-modda ikkinchi qismining:

uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“salohiyatli investorlar va maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqishni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruxsatnomalar berishni “yagona darcha” prinsipi asosida tashkil etadi”;

o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“maxsus iqtisodiy zona hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida ijaraga, shuningdek maxsus iqtisodiy zona hududidagi binolar va inshootlarni egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga beradi”;

4) 25-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionlar vositasida ijaraga berish”;

5) 26-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

“Investitsiya buyurtmanomasida investorning yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qo‘yish chog‘idagi boshlang‘ich narx haqidagi, shuningdek har yilgi ijara to‘lovi miqdori haqidagi takliflari ham nazarda tutilishi mumkin”;

6) 28-moddaning oltinchiyettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bayonnomadan ko‘chirma investitsiya buyurtmanomasini bergan investorga bayonnoma tasdiqlangan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi tomonidan yuboriladi.

Maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori quyidagilar uchun asos bo‘ladi:

investitsiya buyurtmanomasida ko‘rsatilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga qo‘yish;

elektron-onlayn auksion g‘olibi bilan investitsiya bitimini tuzish;

yer uchastkasini yoki bo‘sh turgan (foydalanilmayotgan) binoni uning umumiy maydonini va joylashgan erini belgilagan holda berish.

Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan elektron-onlayn auksionini maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori asosida o‘tkazilishini tashkil etadi”;

7) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida investor elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan yer uchastkasini ijaraga yoki bo‘sh turgan (foydalanilmayotgan) binoni olgan kundan e’tiboran (bundan yer uchastkasi investorga tegishli bo‘lgan hollar mustasno) besh ish kuni ichida maxsus iqtisodiy zona joylashgan erdagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yoki investor tomonidan ilgari tashkil etilgan tadbirkorlik subyektini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etadi”;

8) 30-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida ijaraga, binolarni, inshootlarni foydalanish uchun olishga, shu jumladan ijara huquqlari asosida olishga hamda ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun infratuzilma obyektlarini qurishga”;

9) 34-moddaning:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

“Yer uchastkasini ijaraga olish shartlari investitsiya bitimida nazarda tutiladi”;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Investitsiya bitimi investor tomonidan maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining bayonnomasi (undan ko‘chirma) olinganidan (bo‘sh turgan (foydalanilmayotgan) bino ijaraga berilgan taqdirda yoki yer uchastkasi investorga tegishli bo‘lgan taqdirda) yoxud yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion g‘olibi aniqlanganidan keyin investor va maxsus iqtisodiy zona direksiyasi direktori tomonidan uch ish kuni ichida imzolanishi kerak”;

10) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “yer uchastkalarini foydalanishga berishdan” degan so‘zlar “yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida ijaraga berishdan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 22-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarining o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi”.

24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda) 54-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “foydalanishga” degan so‘z “ijaraga” degan so‘z bilan almashtirilsin.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-647-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda) 37-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) birinchi qismdagi “va yer uchastkasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) to‘rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) qonunchilikda belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish, shuningdek yer uchastkalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron-onlayn auksionlar vositasida sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni qoplanishi huquqi beriladi”.

26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan O‘RQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda) 14-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Shaharsozlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq o‘ziga berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanishi, shuningdek madaniy meros obyektlariga, tabiiy hamda sun’iy landshaftlarga zarar yetkazmasligi, aholining hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga, shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart”.

27-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

29-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV