«Men donorman» xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi
Ellikqal’a tumani yoshlar yetakchilari hamda ko’ngilli yoshlari ishtirokida «Men donorman» xayriya qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi.
Unda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, talabalar, ko‘ngilli yoshlar va keng jamoatchilik vakillari donor sifatida ishtirok etishdi.
?“Men donorman” qon topshirish xayriya aksiyasi 5-dekabrdan boshlab start oldi. Ushbu aksiya orqali ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolish imkoniyatiga egasiz!
⏺Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha yoshlarni ushbu aksiyada faol bo‘lishga chorlab qoladi!