Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh Ellikqal’a tumaniga keldi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligidan mas’ul xodim R.Matkarimov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Allanazarov, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’i P.Maxsetbayev hamda tegishli rahbar xodimlar tashrif buyurishdi.
Ishchi guruh dastlab tumanimizdagi 1-sonli sport maktabiga tashrif buyurib, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib sport bilan shug’illanayotgan yoshlar bilan uchrashishdi.