Ellikqal’a tumanida «Iste’dodli yoshlar millat faxri» shiori ostida davra suhbati o’tkazildi.
Tumanimizdagi iste’dodli yosh ijodkor, shoir va shoiralarni qo’llab quvvatlash, yangi iqtidorlarni kashf qilish maqsadida uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarimizga o’rnak bo’la oladigan serqirra ijodkor Xursandbek Karimov, Zulfiya davlat mukofoti sovrindori Zuxraxon Maqsadova, Sportning Sambo turi bo’yicha bir necha bor O’zbekiston va Osiyo chempioni, o’smirlar va yoshlar o’rtasida o’tkazilgan Jahon chempionati sovrindori Shaxzoda Azatova hamda yosh kitobxon Xulkaroy Qalandarovalar o’zlarining ijodlari hamda erishgan yutuqlari bilan o’rtoqlashdi.
18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o’tkazilgan uchrashuvga Yoshlar siyosati va sport vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh ham tashrif buyurib yosh san’atkor va yoshlar bilan uchrashdilar.