Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi @Antikorr telegram kanali orqali eʼlon qilingan xabari yuzasidan tuman qurilish bo‘limi, Kadastr agentligining Ellikqal’a tumani bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasi Ellikqal’a tumani filiali quyidagilarni maʼlum qiladi.

Kadastr agentligi Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan Ellikqal’a tumani Saxtiyon ShFY hududida yashovchi fuqaro M.Kurbanovaning murojaatini o‘rganish davomida Ellikqal’a tumani “Saxtiyon” SHFY hududida yashovchi fuqaro Kurbanov Faxriddin Mammatovich tegishli tovuqxona “Saxtiyon” ShFY hududidagi yerlardan jami 0,01 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olib 17,0*6,1=103,7 kv.metr o‘lchamda qurilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, noqonuniy qurilmani buzib olib yer uchastkasini dastlabki holatga keltirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilgan.

Javobgar Kurbanov Faxraddin Mammatovichga nisbatan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani buzdirish haqidagi fuqarolik ishi 2022-yil 19-oktabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilib da’vo ariza qanoatlantirilgan.

Kadastr agentligining Ellikqal’a tumani bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasi Ellikqal’a tumani filiali