Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i  Nurmirat Abaevning  “Soliq-hamkor” tamoyili asosida davlat soliq xizmati organlarining amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan murojati.                                 

  Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i  Nurmirat Abaevning  “Soliq-hamkor” tamoyili asosida davlat soliq xizmati organlarining amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan murojati.                                 

 

Xabarlaringiz bor, 2022-yilning 16-mart kuni Muhtaram Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi chog‘ida soliq tizimni raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita muloqot qilish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergan edi.

“Soliqchi — ko‘makchi” tizimining mohiyati shundan iboratki, eng avvalo, biz endi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan, unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyin esa, biznes sub’ektining “yashab ketishi”, ya’ni, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritishi, hisobotlarni to‘ldirishi va topshirishi, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha yordam berishga asosiy e’tibor qaratiladi.

Ellikqal’a tumani davlat soliq xizmati organiga 2022-yil uchun byudjet daromadlariga 71498,0 mln.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 77715,0 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 108,7 foizga (6217,0 mln.so‘m ortiq) bajarildi.

Shuningdek 1-chorak uchun 18 mlrd 184,0 mln.so‘m reja belgilangan bo‘lib 1-fevral holati bilan 5 mlrd 127,8 mln.so‘m tushum ta’minlanib  reja 28,2 foizga bajarildi.

Byudjetga 5 mlrd 127,8 mln.so‘m tushum ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 767,5 mln.so‘m (o‘tgan yili yanvar oyi tushum 4 mlrd 360,3 mln.so‘m) ortiq mablag‘ undirilib 117,6 foizga tushumlar miqdori o‘sishiga erishildi.

Aylanmadan olinadigan solig‘i yanvar oyi uchun 125,1 mln.so‘m reja belgilangan bo‘lib 1-fevral holatiga 142,1 mlrd.so‘m tushum ta’minlanib oylik reja 113,6 foizga bajarildi.

 

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili joriy etilishi natijasida 2023-yilning yanvar oyida Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 370 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarаyon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 322 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi tushuntirildi. 2023-yilning yanvar oyida 55 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 36,1 mln. so‘mlik ortiqcha to‘lovlari bank hisob raqamiga qaytarildi. Faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish natijasida 2023-yilda 3 ta tadbirkorlik sub’ektlaring faoliyati qayta tiklandi. Biz soliq idoralari xodimlari albatta Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

Ellikqal’a tumani bo‘yicha 2023-yil yanvar oyida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 230 nafarni tashkil etmoqda. Shundan,

– 18 nafari ijtimoiy yo‘nalish,

– 118 nafari maishiy xizmatlar yo‘nalishi,

– 21 nafari sanoat,

– 45 nafari qishloq xo‘jaligi,

– 7 nafari axborot komunikasiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar,

– 21 nafari xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kungi «Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-213-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmonning 2-a-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:

– foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi;

– ijtimoiy soliq kamaytirilib, 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida belgilanadi;

– yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.

Bunda, yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Jumladan, Foyda solig‘i stavkasi 15 foizdan 7,5 foizgacha kamaytiriladi natijasida 2 719 ta tadbirkorlik sub’eklarida yillik 77,8 mlrd.so‘m korxona ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

Tuman xududlarida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 2 foizdan 1 foizga tushirilishi natijasida 7 034 ta tadbirkorlik sub’eklarida 20,5 mlrd.so‘m mablag‘lar;

Shuningdek, olis hududlarda (Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Shumanay) faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foizdan 0,5 foizga tushirilishi natijasida 839 ta tadbirkorlik sub’eklarida 2,0 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

Mol‑mulk solig‘i stavkasi ikki barobar kamayishi natijasida 2 960 ta tadbirkorlik sub’eklarida 24,0 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

Yer-solig‘i stavkasi ikki barobar kamayishi natijasida 3 047 ta tadbirkorlik sub’eklarida 64,9 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

Ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga kamayishi natijasida 19 534 ta tadbirkorlik sub’eklarida 85,7 mlrd.so‘m mablag‘lar ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanishi natijasida 18 215 ta tadbirkorlik sub’ektlarida 27,0 mlrd.so‘m mablag‘lar tadbirkor ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

Farmonning 2-g-bandida Mo‘ynoq tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonunchilikda soliq imtiyozlarining kengaytirilgan ro‘yxati mavjudligi ma’ulumot uchun qabul qilinishi belgilab qo‘yildi.

Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabr kungi “Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-25-sonli Farmoni bilan belgilangan imtiyozlar saqlab qolinadi.

Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun: foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalarini 1 foiz etib belgilangan.

Farmonning 6-bandida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari xodimlarining, jumladan tarbiyachi va o‘qituvchilarning, ish haqi va unga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan amalga oshirish tartibi saqlab qolinishi belgilab qo‘yildi.

Farmonning 7-bandida asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish hamda og‘ir sharoitli hududlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish maqsadida 2022 yil 3-chorakdan boshlab 2024-yil yakuniga qadar har chorak yakuni bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi, istisno tariqasida, to‘liq Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoldirilmoqda.

Telegramdagi davlat soliq boshqarmasining @qrmsb rasmiy kanali orqali soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!