✅Tumanlararo isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan Guldursun OFY hamda Saxtiyon SHFY hududida joylashgan maktablar o’rtasida buyuk allamalarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan «O’zbekiston buyuk allamalar yurti» shiori ostida bellashuv o’tkazildi.
? Vatanni madh etuvchi kuy va qo’shiqlar ijro etish, g’azallarni ifodali o’qish, jonli ijroda qo’shiqlar kuylash hamda erkin mavzudan iborat shartlar bo’yicha o’zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko’ra quydagi maktab o’quvchilari g’oliblikni qo’lga kiritdi.
? 30-maktab
? 13-IDUM
? 65-maktab
Gʻolib jamoalar Yoshlar ishlari agentligi Ellikqal’a tuman bo’limi tomonidan estalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.