«Sharq Yulduzi» ovul fuqarolar yig‘iniga kim rais bo‘ldi?

«Sharq Yulduzi» ovul fuqarolar yig‘iniga kim rais bo‘ldi?

«Sharq Yulduzi» ovul fuqarolar yig‘iniga kim rais bo‘ldi?

“Sharq Yulduzi” ovul fuqarolar yig‘inida mahalla raisi saylovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur saylovda ishchi guruh tomonidan 4 nafar nomzodlar ro‘yxati tuman komissiyasiga taqdim qilingan edi. Saylovda 180 nafar vakillardan 130 nafari ishtirok qilib, yaʼni saylovda ishtirok qilish huquqiga ega bo‘lgan vakillarning 72,5 foizi qatnashdilar.

Nomzodlardan Abdirimova Xaytgul 33 foiz ovoz, Ibragimov G‘ulom 5 foiz ovoz, Masharipov Lochin 7 foiz ovoz, shuningdek, Matupayev Renat Ilʼyasovich 50,5 foiz ovoz to‘plab Sharq Yulduzi ovul fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi.

Maʼlumot uchun; Matupayev Renat Ilʼyasovich bugungi kungacha Ellikqalʼa tumani 32-son umumtaʼlim maktabining milliy istiqlol g‘oyasi, huquq taʼlimi va maʼnaviyat asoslari fani o‘qituvchisi vazifasida ishlab kelgan.

Ellikqalʼa tumani hokimligi axborot xizmati