Bugun Toshkent shahrida Yuksalish» umummilliy xarakati, YUNISEF bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Yoshlar ishlari agentligi xamkorligida «Bolalar va yoshlar uchun do‘stona maxalliy boshqaruv» tashabbusi loyihasining yakuniy bosqichi o’tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko’ra O’zbekiston Respublikasidagi Termiz, Asaka, Qo’qon, Yangibozor, Zarafshon, Bo’ston shaharlari orasida o’z loyihalari bo’yicha Ellikqal’a tumani Bo’ston shahri «Bolalar va yoshlar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi bo’yicha grand loyihasining mutloq g’olibi bo’ldi va 30 ming dollor miqdorida pul yutug’iga ega bo’ldi.
Ushbu yutuq mablag’lari shahar markazida «Ekomarkaz» tashkil qilish uchun sarflanadi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan barcha Ellikqal’a xalqini va yoshlarini tabriklaymiz.
Каналға ағза болыў