Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayon jadal davom ettirilmoqda.Natijada yillar davomida mamlakat taraqqiyotida har tarafdan to‘g‘anoq bo‘lib kelayotgan murakkab va og‘ir tizim tubdan yangilandi. Ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi soliq to‘lovchilar uchun juda katta imtiyoz beruvchi 2022 yil 31 avgust kuni qabul qilingan PF-213 sonli Farmoni keng imkoniyatlar berdi:
Birinchidan, foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytirildi.
Ikkinchidan, ijtimoiy soliq kamaytirilib, 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida belgilandi.
Uchinchidan, olis hududlarda (Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Shumanay) faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foizdan 0,5 foizga tushirilishi natijasida 839 ta tadbirkorlik sub’eklarida 2,0 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.
To‘rtinchidan, Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanishi natijasida 18 215 ta tadbirkorlik sub’ektlarida 27,0 mlrd.so‘m mablag‘lar tadbirkor ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.
Beshinchidan, Mol‑mulk solig‘i stavkasi ikki barobar kamayishi natijasida 2 960 ta tadbirkorlik sub’eklarida 24,0 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.
Oltinchidan, Yer-solig‘i stavkasi ikki barobar kamayishi natijasida 3 047 ta tadbirkorlik sub’eklarida 64,9 mlrd.so‘m mablag‘lar korxona ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.
“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili joriy etilishi natijasida 2023 yilning yanvar-fevral oylarida Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi tomonidan 511 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 432 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi tushuntirildi. 2023 yilning birinchi mart holatiga 61 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 37,5 mln. so‘mlik ortiqcha to‘lovlari boshqa soliq to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlariga singdirildi. Faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish natijasida 2023 yil 1-yanvardan bugungi kunga qadar 4 ta tadbirkorlik sub’ektlaring faoliyati qayta tiklandi. Biz soliq idoralari xodimlari albatta Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.