Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i  Abaev Nurmirat Dadebaevich mart oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan muroja

Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i  Abaev Nurmirat Dadebaevich mart oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan muroja

Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i  Abaev Nurmirat Dadebaevich mart oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan murojati.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili joriy etilishi natijasida 2023 yilning I chorak uchun Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi tomonidan 638 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 98 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi tushuntirildi. 2023 yilning birinchi mart holatiga 163 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 1850,6 mln. so‘mlik ortiqcha to‘lovlari boshqa soliq to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlariga singdirildi. Faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish natijasida 2023 yil 1-yanvardan bugungi kunga qadar 7 ta tadbirkorlik sub’ektlaring faoliyati qayta tiklandi. Biz soliq idoralari xodimlari albatta Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

Ellikqal’a tumani soliq xizmati organiga 2023-yil I chorak uchun byudjet daromadlariga 18184,0 mln.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 18701,9 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 102,8 foizga (517,8 mln.so‘m ortiq) bajarildi.

Ellikqal’a tumani bo‘yicha 2023-yilning I choraki davomida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1125 nafarni tashkil etib muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

 

Перейти к содержимому