«Kitobxonlik xaftaligi»

«Kitobxonlik xaftaligi»

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi» da 72 maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida 2023-yilning 10-15 aprel kunlari davomida «Kitobsevar millat» shiori ostida III Respublika «Kitobxonlik xaftaligi» ni o’tkazishga start berildi.

⚡️Ushbu munosabat bilan Ellikqal’a tumani Axborot-kutubxona markazi tamonidan tumandagi barcha kollej va ko’zi ojizlar kutubxonasi bilan birga haftalikning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari B.Alimov va U.Radjapboyev hamda tumanning tashkilot rahbarlari qatnashib tuman Axborot-kutubxona markaziga kitoblar sovg’a qildilar.

⚡️Kitobsevar millat haftaligi hududlar bo’ylab davom etadi va yakuniy qismi 14-aprel kuni Jaloliddin Manguberdi nomli istirohat bog’ida kitobxonlar sayli shaklida yakunlanadi. Saylda hafta davomida faol bo’lgan korxona tashkilotlar, mahallalar munosib taqdirlanadi.

Перейти к содержимому