KITOB-TAFAKKUR HAZINASI.
Joriy yilning 12 aprel kuni Ellikqal’a tumani Axborot-kutubxona markazi tamonidan Qirqqizobod OFY da Tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi va ko‘zi ojizlar hamjamiyati bilan hamkorlikda “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitob-tafakkur xazinasi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qirqqizobod mahalla faollari, hududdagi 4 IDUM, 16-44-18-45 sonli maktablar va 13 sonli maktabgacha ta’lim muasassasining kitobsevarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda kitobxonlar tomonidan she’r va qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. “Kitob bilan yuksalish sari!” ko’rgazmasi taqdim etildi va kutubxonaga sayohat o‘tkazildi.
Kitobxonlik haftaligi doirasida yangi adabiyotlar taqdimotlari bo‘ldi. “Mahallam kutubxonasi” shiori ostida mahalla faollari Axborot-kutubxona markazining Qirqqizobod OFYdagi bo‘linmasiga kitoblar sovg‘a qildilar.