Ellikqal’a tumanida «Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha eng faol targ’ibotchi» ko’rik tanlovi tuman bosqichi o’tkazildi.

Ellikqal’a tumanida «Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha eng faol targ’ibotchi» ko’rik tanlovi tuman bosqichi o’tkazildi.

Ellikqal’a tumanida «Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha eng faol targ’ibotchi» ko’rik tanlovi tuman bosqichi o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Respublika ma’nabiyat va marifat markazi Ellikqal’a tumani bo’linmasi tamonidan faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari ish tajribasini ommalashtirish hamda ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” respublika tanlovini tuman bosqich o’tkazildi.

Tanlovda tuman hokim o’rinbosari U.Rajapbayev Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo’linmasi rahbari A.Matniyazova Ellikqal’a tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i A.Rayimov va tumandagi barcha umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari ishtirok qilishdi.
Tanlov yakuniga ko’ra 6 nafar 1-2-3-o’rin g’oliblari aniqlandi. 1-o’rinni olgan 2 nafar g’olib bo’lgan 61-sonli umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Oydin Rajapbayeva hamda 31-sonli umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Gulbahor Muratovalar Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida ishtirok qilish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Перейти к содержимому