Qoraqalpog‘iston Respublikasida Kambag‘allikni qisqartirish borasida “20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida tadbirkorlik sub’ektlari va ishsizlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ellikqal’a tumani 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi majlislar zalida Ellikqal’a tumani hokimi – S.Avezov, Respublika ishchi guruh a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi direktori o‘rinbosari – A.Ikramov, Respublika ishchi guruh a’zosi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ATB Xalq banki boshqaruvchisi K.Urazimbetov va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Alimov, xokim yordamchilari, tadbirkorlik sub’ektlari mas’ullari hamda ishsiz fuqarolar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.