Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 2-iyundan 30-iyungacha “Inson qadri uchun” tamoyili asosida e’lon qilingan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Qilichinoq” OFY, “Paxtachi” MFY va “Cho‘pon” MFY fuqarolari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarga yangi Konstitutsiya hamda mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, nogironlarga, yoshlarga hamda ayol-qizlarga belgilangan imtiyoz va kafolatlar, subsidiya olish, bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibi, turar joyni meros huquqi asosida rasmiylashtirish, nogironlikni belgilash tartibi, noturar joy binosi qurilishiga ruxsat berish, mehnatga oid nizolar va ularni hal qilish tartib-taomillari, O‘zbekiston Respublikasinning 2023-yil 26-apreldagi 833-son va 24 may kungi 844-son qonunining mazmun mohiyati to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan, huquqiy masalalardagi savollariga tegishli tartibda javoblar berildi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan fuqarolarning qiynab kelayotgan muammolari tinglanib, ularga joyida tushuntirishlar, tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi hamda muddat talab qilinadigan masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilindi.