Ellikqal’a tumanidan 34 nafar fuqarolar Haj ziyoratiga jo‘nab ketishdi.
Bugun Ellikqal’a tumanidagi Muhammad Norinjoniy jome masjidida muborak haj ziyoratini ado etish uchun jo‘nab ketayotgan eldoshlarimizni kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi S. Avezov ishtirok etib, haj safariga jo‘nab ketayotgan fuqarolarga muborak safarlari bexatar bo‘lishini, eson-omon borib kelishlarini aytib, ezgu tilaklarini bildirdi.
Davlat rahbarining tashabbusi bilan haj amallarini bajaruvchi ziyoratchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlarning yaratilganligi, bundan tashqari borib kelishda qulayliklarning har bir hududda yaratilganligi alohida etiborga loyiqdir. Ziyoratchilar uchun dastlab o’quv kurslari tashkil etilib, haj ziyorati bo’yicha amallar to’liq tushuntirildi. Avvallari fuqarolarimiz haj safariga borish uchun yillab navbat kutishar, boshqa yo’llar bilan borish imkoniyatlarini qidirishar edi.