#Rasmiy munosabat

#Rasmiy munosabat

Yaqinda Antikorrupsiya telegram kanalida Ellikqal’a dehqon bozorida elektr uzatish simlarining talabga javob bermasligi haqida murojat e’lon qilingan edi. Ellikqal’a tumani elektr ta’minoti bu bo‘yicha qo‘yidagilarni ma’lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli Qaroriga asosan joriy yilda Ellikqal’a tumanida Ibn Sino va A.Navoiy MFYda jami 13,7 km 0,4/10 kV havo elektr uzatish tarmog‘ini tortish ishlari va 1 ta qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish ishlari rejali dasturga kiritilgan.

Ushbu 13,7 km havo tarmog‘i tortish ishlarida Ellikqal’a dehqon bozorining bir qismi, ya’ni betartib tortilgan elektr liniyalari o‘rniga yangidan xavo tarmog‘i tortilib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi.

Ta’mirlash ishlarini tez kunlarda tugatish choralari ko‘rilgan.

«HET» AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali matbuot xizmati