ELLIKQAL’A TUMANINING MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLARI

ELLIKQAL’A TUMANINING MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLARI

Dastlabki ma’lumotlarga asosan joriy yilning yanvar-iyun oylarida Ellikqal’a tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 277.0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,4 % ni tashkil etdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 90,6 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2022-yil yanvar-iyun oyiga nisbatan 123,9 foizni tashkil etdi.
Qurilish sohasida 2023-yil yanvar–iyun oylarida 226,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan 106.4 foizni tashkil etdi.